PortfolioCONSULTING

TAS → USA

AQSh talaba vizasi (F-1)

F-1 ni I-20 emas, intervyu hal qiladi. Konsul ikki narsani tekshiradi: o‘qishni to‘lay olasizmi va o‘qishdan keyin qaytishingizga ishonsa bo‘ladimi. Shu ikki savolga hujjatlar va javoblar bitta mantiqda bo‘lishi kerak.

Asosiy hujjat
I-20 (universitetdan)
Qayerda
AQSh elchixonasi, Toshkent — shaxsan intervyu
Qachon
O‘qish boshlanishidan 365 kungacha oldin; AQShga kirish — 30 kun oldin
Ishlash
Semestr davomida kampusda haftasiga 20 soatgacha
Bepul baholash2 daqiqa

TAS

Toshkent

???

—

Offer
—
Tarix
—
Qachon
—
Savol 01/5
Qaysi davlatda o‘qiysiz?

Bosqichma-bosqich

  1. 01

    I-20 olish

    Qabul va moliyaviy hujjatlardan keyin universitet I-20 beradi. Undagi ism, dastur va summa pasport va bank hujjatlari bilan bir xil bo‘lishi kerak.

  2. 02

    SEVIS I-901 to‘lovi

    F-1 uchun $350, fmjfee.com saytida. Kvitansiyani saqlab qo‘ying — intervyuda so‘raladi.

  3. 03

    DS-160 anketasi

    Har bir javob I-20, bank va homiy hujjatlariga mos bo‘lishi kerak. Ish, safarlar va oila haqidagi noaniqlik — intervyudagi birinchi savol.

  4. 04

    Konsullik to‘lovi va navbat

    To‘lovdan keyin Toshkentdagi elchixonaga intervyu sanasi tanlanadi. Mavsumda navbat uzoq — I-20 qo‘lga tegishi bilan yoziling.

  5. 05

    Intervyu

    2–4 daqiqa, ingliz tilida. Nega shu universitet, kim to‘laydi, o‘qishdan keyin nima qilasiz — qisqa va aniq javob.

  6. 06

    Viza va jo‘nash

    Ma’qullansa, pasport vizali qaytariladi. AQShga o‘qish boshlanishidan ko‘pi bilan 30 kun oldin kirish mumkin.

Hujjatlar ro‘yxati

  • Xalqaro pasport (AQShdan chiqish sanasidan keyin kamida 6 oy amal qiladi)
  • I-20 — talaba va DSO imzosi bilan
  • SEVIS I-901 to‘lov kvitansiyasi
  • DS-160 tasdiq sahifasi va intervyu yozuvi
  • Bank ma’lumotnomasi va homiylik xati (I-20 dagi birinchi yil summasini qoplaydi)
  • Homiyning daromadi: ish joyidan ma’lumotnoma, biznes hujjatlari
  • Attestat yoki diplom, transkript, IELTS/TOEFL/SAT natijalari
  • Grant yoki scholarship bo‘lsa — universitet xati

Moliya

I-20 da birinchi yil uchun taxminiy xarajat yoziladi: o‘qish, yashash, sug‘urta. Shu summa bank hujjatlari yoki grant bilan yopilishi kerak. Muhimi — summaning o‘zi emas, pul qayerdan kelgani: homiyning daromadi pulni tushuntirishi kerak, intervyudan bir hafta oldin tushgan katta summa esa savol tug‘diradi.

Talablar o‘zgarib turadi: ariza topshirishdan oldin har bir summa va qoidani elchixona va rasmiy saytlarda qayta tekshiramiz.

Ko‘p uchraydigan rad sabablari

  • ✕214(b) — konsul vatanga qaytishingizga ishonmadi: reja, oila va kelajak aloqalari tushuntirilmagan
  • ✕Pul manbai tushunarsiz: homiy daromadi summaga mos emas yoki pul yaqinda tushgan
  • ✕Universitet yoki dastur tanlovi tushuntirilmagan: «nega aynan shu yer?» savoliga javob yo‘q
  • ✕DS-160 dagi ma’lumot hujjatlarga yoki aytgan gapingizga zid
  • ✕Yodlangan javoblar — konsul darhol sezadi

Savollar

F-1 ga rad javobi kelsa, qayta topshirsa bo‘ladimi?

Ha, cheklov yo‘q. Lekin o‘sha hujjatlar bilan darhol qayta borish odatda o‘sha natijani beradi. Avval rad sababini aniqlaymiz, keyin nima o‘zgarganini ko‘rsatadigan yangi paket tayyorlaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlar tekshiriladimi?

Ha. 2025 yildan F, M va J vizasi arizachilaridan ijtimoiy tarmoqlardagi profillarni ochiq qilish so‘raladi. DS-160 da ko‘rsatilgan akkauntlar bilan profilingiz bir xil bo‘lishi kerak.

Grant bo‘lsa ham bank hujjati kerakmi?

Grant hammasini qoplamasa — qolgan qismi uchun kerak. To‘liq grant bo‘lsa, universitet xati asosiy dalil bo‘ladi, lekin yo‘l va birinchi oylar uchun ham mablag‘ ko‘rsatish ma’qul.

AQSh qoidalari 2026 yilda o‘zgardimi?

2025–2026 yillarda AQSh viza qoidalari tez-tez o‘zgardi: kirish cheklovlari, to‘lovlar va navbatlar. Shuning uchun har bir arizadan oldin elchixona va travel.state.gov saytidagi joriy talablarni tekshiramiz.