PortfolioCONSULTING

TAS → CHN

Xitoy talaba vizasi (X1 / X2)

Xitoyda viza universitet hujjatlari bilan ishlaydi: admission notice va JW201/JW202 formasi kelmaguncha vizaga topshirib bo‘lmaydi. Uzoq muddatli o‘qishda tibbiy ko‘rik formasi ham kerak.

X1
180 kundan uzoq o‘qish (bakalavriat, magistratura, uzoq til kursi)
X2
180 kungacha (qisqa kurs, almashinuv)
Asosiy hujjat
Admission notice + JW201/JW202
Keyin
X1 bilan kelgach 30 kun ichida residence permit
Bepul baholash2 daqiqa

TAS

Toshkent

???

—

Offer
—
Tarix
—
Qachon
—
Savol 01/5
Qaysi davlatda o‘qiysiz?

Bosqichma-bosqich

  1. 01

    Qabul

    Universitet yoki CSC orqali qabul; admission notice va JW forma pochta yoki elektron tarzda keladi.

  2. 02

    Tibbiy ko‘rik

    X1 uchun Foreigner Physical Examination Form.

  3. 03

    Viza arizasi

    Xitoy elchixonasi yoki viza markazida.

  4. 04

    Residence permit

    Kelgach 30 kun ichida mahalliy migratsiya xizmatida.

Hujjatlar ro‘yxati

  • Xalqaro pasport va viza anketasi
  • Admission notice
  • JW201 yoki JW202
  • Tibbiy ko‘rik formasi (X1)
  • Surat

Moliya

Grant (CSC yoki universitet) bo‘lsa, moliya savoli yopiladi. O‘z hisobidan o‘qishda universitet to‘lov va yashash xarajatini o‘zi hisoblab beradi — qabul paytida shu summani rejalashtiramiz.

Talablar o‘zgarib turadi: ariza topshirishdan oldin har bir summa va qoidani elchixona va rasmiy saytlarda qayta tekshiramiz.

Ko‘p uchraydigan rad sabablari

  • ✕JW forma kelishidan oldin vizaga yozilish
  • ✕Tibbiy ko‘rik formasi to‘liq emas
  • ✕Kelgach residence permit muddatini o‘tkazib yuborish

Savollar

CSC granti bilan nima o‘zgaradi?

Grant o‘qish, yotoqxona va stipendiyani qoplaydi; JW201 shu grantni ko‘rsatadi.

X2 bilan kelib, X1 ga o‘tsa bo‘ladimi?

Odatda yo‘q — uzoq muddatli o‘qish uchun boshidan X1 olinadi.