PortfolioCONSULTING

TAS → GBR

Buyuk Britaniya talaba vizasi (Student visa)

UK vizasida eng ko‘p xato pul bilan bo‘ladi: summa yetarli, lekin hisobda 28 kun turmagan yoki hujjat noto‘g‘ri sanada olingan. Bu yerda qoidalar aniq — ularni aniq bajarish kerak.

Asosiy hujjat
CAS (universitetdan raqam)
Qayerda
Onlayn ariza + Toshkentdagi viza markazida biometriya
Qachon
Kurs boshlanishidan 6 oygacha oldin
Ishlash
Bakalavriat va magistraturada semestr davomida haftasiga 20 soat
Bepul baholash2 daqiqa

TAS

Toshkent

???

—

Offer
—
Tarix
—
Qachon
—
Savol 01/5
Qaysi davlatda o‘qiysiz?

Bosqichma-bosqich

  1. 01

    Unconditional offer va CAS

    Shartlar bajarilgach universitet CAS beradi. CAS dagi kurs, to‘lov va oldindan to‘langan summa sizning hujjatlaringizga mos bo‘lishi kerak.

  2. 02

    Pulni hisobda saqlash

    Birinchi yilning qolgan o‘qish to‘lovi va yashash xarajatlari hisobda kamida 28 kun uzluksiz turishi kerak. Bank hujjati arizadan 31 kun ichida olingan bo‘lishi lozim.

  3. 03

    TB testi

    O‘zbekistondan topshiruvchilarga sil kasalligi testi talab qilinadi — faqat UK tasdiqlagan klinikada.

  4. 04

    Onlayn ariza va IHS

    gov.uk orqali ariza, viza to‘lovi va Immigration Health Surcharge (yiliga £776) to‘lanadi.

  5. 05

    Biometriya

    Toshkentdagi viza markazida barmoq izi va surat. Ba’zan credibility intervyu — nega shu kurs va universitet.

  6. 06

    Qaror va eVisa

    Odatda bir necha hafta. Vizani tasdiqlovchi hujjat elektron eVisa ko‘rinishida beriladi.

Hujjatlar ro‘yxati

  • Xalqaro pasport
  • CAS raqami va universitet ma’lumotlari
  • Bank hujjati: summa 28 kun uzluksiz turganini ko‘rsatadi
  • Hisob ota-onada bo‘lsa — ularning roziligi va qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat
  • TB testi sertifikati
  • Ingliz tili sertifikati (agar CAS da universitet o‘zi baholamagan bo‘lsa)
  • CAS da ko‘rsatilgan ta’lim hujjatlari va tarjimalar

Moliya

Yashash xarajatlari: Londonda oyiga £1,529, London tashqarisida £1,171, 9 oygacha. Ustiga birinchi yilning to‘lanmagan o‘qish to‘lovi qo‘shiladi. 2026 yil 30 noyabrdan keyin topshirilgan arizalarda summa oshadi: £1,570 va £1,203. Pul hisobda 28 kun bir tiyin ham kamaymasdan turishi kerak — bir kun kam bo‘lsa ham rad.

Talablar o‘zgarib turadi: ariza topshirishdan oldin har bir summa va qoidani elchixona va rasmiy saytlarda qayta tekshiramiz.

Ko‘p uchraydigan rad sabablari

  • ✕Hisobdagi summa 28 kun ichida bir kun bo‘lsa ham talabdan kam tushgan
  • ✕Bank hujjati 31 kundan eski yoki noto‘g‘ri formatda
  • ✕Credibility intervyuda kurs va kelajak rejasini tushuntira olmaslik
  • ✕Ota-ona hisobi, lekin rozilik xati va tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘q
  • ✕TB testi tasdiqlanmagan klinikadan

Savollar

Oilani olib borsa bo‘ladimi?

2024 yildan bakalavriat va oddiy magistratura talabalari oila a’zolarini olib bora olmaydi. Istisno — PhD va boshqa research dasturlari hamda ayrim hukumat grantlari.

O‘qishdan keyin qolib ishlash mumkinmi?

Graduate Route bor — bitiruvdan keyin ish qidirish va ishlash uchun viza. Uning muddati qisqartirilmoqda, shuning uchun aniq muddatni topshirish paytida tekshiramiz.

Pul kimning hisobida bo‘lishi kerak?

Sizning yoki ota-onangizning (qonuniy vasiyning). Boshqa qarindosh yoki tanishning hisobi qabul qilinmaydi.