PortfolioCONSULTING

TAS → CAN

Kanada talaba ruxsati (study permit)

Kanada 2024 yildan xalqaro talabalar sonini cheklayapti: ruxsatlar kvota bilan beriladi, moliyaviy talab oshdi. Endi kuchli study plan va shaffof moliya — shart.

Asosiy hujjat
LOA (DLI dan qabul xati) + ko‘pincha PAL/TAL
Qayerda
Onlayn ariza IRCC orqali + biometriya
Pul
Yashash uchun CAD 22,895 + birinchi yil o‘qish to‘lovi
Ishlash
Semestr davomida kampusdan tashqarida haftasiga 24 soatgacha
Bepul baholash2 daqiqa

TAS

Toshkent

???

—

Offer
—
Tarix
—
Qachon
—
Savol 01/5
Qaysi davlatda o‘qiysiz?

Bosqichma-bosqich

  1. 01

    LOA olish

    Faqat DLI ro‘yxatidagi o‘quv muassasasidan qabul xati.

  2. 02

    PAL/TAL

    Ko‘pchilik arizachilarga provinsiya xati kerak. 2026 yildan davlat DLI’laridagi magistratura va PhD talabalari bundan ozod.

  3. 03

    Moliya va study plan

    Pulning manbai va o‘qishdan keyingi reja — arizaning markazi.

  4. 04

    Onlayn ariza

    IRCC hisobida ariza, to‘lov, kerak bo‘lsa tibbiy ko‘rik.

  5. 05

    Biometriya

    Barmoq izi va surat — IRCC ko‘rsatgan viza markazida.

  6. 06

    Qaror

    Ma’qullansa — kirish uchun xat va viza; study permit chegarada beriladi.

Hujjatlar ro‘yxati

  • Xalqaro pasport
  • LOA va PAL/TAL (kerak bo‘lsa)
  • Moliyaviy hujjatlar: bank, homiy, GIC (bo‘lsa)
  • Study plan (o‘qish rejasi) xati
  • Ta’lim hujjatlari va til sertifikati
  • Tibbiy ko‘rik natijasi (talab qilinsa)

Moliya

Kvebekdan tashqarida bitta arizachi uchun yashash xarajati — CAD 22,895 (2025 yil sentyabrdan), ustiga birinchi yil o‘qish to‘lovi va yo‘l. Kvebekda o‘z jadvali bor. Summa har yili yangilanadi — topshirishdan oldin IRCC saytida tekshiramiz.

Talablar o‘zgarib turadi: ariza topshirishdan oldin har bir summa va qoidani elchixona va rasmiy saytlarda qayta tekshiramiz.

Ko‘p uchraydigan rad sabablari

  • ✕Study plan umumiy: nega Kanada, nega shu kollej, keyin nima — tushuntirilmagan
  • ✕Dastur oldingi ta’lim va tajribaga mos emas
  • ✕Pul manbai shaffof emas
  • ✕Bir nechta rad tarixi va o‘zgarmagan holat

Savollar

PAL nima?

Provinsiya beradigan tasdiq xati: talaba shu provinsiya kvotasiga kirganini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik arizalar uchun majburiy.

Oilani olib borsa bo‘ladimi?

Turmush o‘rtog‘iga ochiq ish ruxsati asosan magistratura, PhD va ayrim kasbiy dasturlar talabalariga beriladi. Holatni alohida tekshiramiz.

Bitiruvdan keyin ishlash mumkinmi?

PGWP — bitiruvchilar uchun ish ruxsati, lekin barcha dasturlar unga mos emas. Dastur tanlashdan oldin tekshirish kerak.