
TAS → ITA
Italiya talaba vizasi (D)
Italiyada viza universitet bilan bog‘langan: avval Universitaly portalida pre-enrollment, keyin elchixona. DSU granti bo‘lsa, moliya masalasi ancha yengillashadi.
- Asosiy bosqich
- Universitaly portalida pre-enrollment
- Qayerda
- Italiya elchixonasi, Toshkent
- Kelgandan keyin
- 8 ish kuni ichida permesso di soggiorno
- Ishlash
- Haftasiga 20 soatgacha
TAS
Toshkent
???
—
- Offer
- —
- Tarix
- —
- Qachon
- —
Bosqichma-bosqich
- 01
Universitetga ariza
Dastur talablari, kerak bo‘lsa kirish testi va portfolio.
- 02
Universitaly pre-enrollment
Universitet tasdiqlagach — elchixonaga ma’lumot o‘tadi.
- 03
Hujjatlarni baholash
Diplom qiymati: CIMEA yoki elchixona orqali (universitet talabiga qarab).
- 04
Viza arizasi
Moliya, turar joy va sug‘urta bilan elchixonaga.
- 05
Permesso di soggiorno
Kelgach 8 ish kuni ichida yashash ruxsatiga ariza.
Hujjatlar ro‘yxati
- Xalqaro pasport va viza anketasi
- Universitaly tasdig‘i
- Moliyaviy kafolat (bank, homiy yoki grant)
- Turar joy hujjati
- Tibbiy sug‘urta
- Diplom va baholash hujjati (CIMEA/DoV)
Moliya
Talaba yashash uchun minimal summani ko‘rsatishi kerak — u har yili Italiya ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Aniq summani ariza yili uchun tekshiramiz. DSU yoki universitet granti moliyaviy kafolat sifatida ishlatilishi mumkin.
Talablar o‘zgarib turadi: ariza topshirishdan oldin har bir summa va qoidani elchixona va rasmiy saytlarda qayta tekshiramiz.
Ko‘p uchraydigan rad sabablari
- ✕Universitaly’da pre-enrollment kechikkan
- ✕Turar joy hujjati yo‘q yoki shubhali
- ✕Moliyaviy summa joriy yil talabidan kam
Savollar
DSU granti vizaga yordam beradimi?
Ha, DSU va universitet grantlari moliyaviy kafolatning bir qismi bo‘lishi mumkin. Lekin grant natijasi ko‘pincha vizadan keyin chiqadi — shuning uchun boshlang‘ich summa baribir kerak.
Ingliz tilida o‘qish mumkinmi?
Ha, ko‘plab davlat universitetlarida ingliz tilidagi bakalavriat va magistratura bor.
Batafsil qo‘llanmalar