PortfolioCONSULTING

Talaba vizasida ishlash mumkinmi: AQSh, UK, Germaniya, Kanada va Osiyo qoidalari

O‘qish davomida talaba qancha soat ishlay oladi: AQSh kampusda 20 soat, UK 20 soat, Germaniya 140 kun, Kanada 24 soat, Yaponiya 28 soat va boshqalar.

Ko‘p oilalar «o‘qib, ishlab o‘zini boqadi» deb hisoblaydi. Bu xavfli reja: deyarli barcha davlatlar talabaning ishini cheklaydi, viza esa birinchi navbatda o‘qish uchun beriladi. Ish — qo‘shimcha, asosiy moliya emas.

Davlatlar bo‘yicha (o‘qish davrida)

  • AQSh (F-1) — faqat kampusda, semestr davomida haftasiga 20 soatgacha, ta’tilda to‘liq. Kampusdan tashqarida faqat CPT yoki OPT ruxsati bilan.
  • Buyuk Britaniya — bakalavriat va magistraturada semestr davomida haftasiga 20 soatgacha, til kurslarida kamroq. Ta’tilda ko‘proq.
  • Germaniya — yiliga 140 to‘liq yoki 280 yarim kun. Universitetdagi ilmiy yordamchi ishi alohida.
  • Kanada — kampusdan tashqarida semestr davomida haftasiga 24 soatgacha.
  • Yaponiya — maxsus ruxsat (shikakugai) bilan haftasiga 28 soatgacha.
  • Koreya — ruxsat bilan cheklangan soat; chegarasi viza turi va TOPIK darajasiga bog‘liq.
  • Italiya — haftasiga 20 soatgacha.
  • Polsha — kunduzgi bo‘lim talabalari o‘qish davomida ruxsatsiz ishlay oladi.

Muhim qoidalar

  1. Soat chegarasini buzish — viza bekor qilinishi va kelajakda rad javobi uchun asos.
  2. Ish haqi o‘qish to‘lovini qoplashiga hisoblab moliya ko‘rsatish odatda qabul qilinmaydi.
  3. Ta’til davri va semestr davri qoidalari farq qiladi — universitet kalendarini biling.

O‘qishdan keyin

Ko‘p davlatlar bitiruvchilarga ishlash uchun alohida yo‘l beradi: AQShda OPT, Buyuk Britaniyada Graduate Route, Kanadada PGWP, Germaniyada 18 oylik ish qidirish ruxsati. Bu haqda alohida maqolada.

Talaba vizasi bo‘yicha holatingiz qanday?

Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant xavfli joylarni va keyingi qadamni aytadi.

Shu mavzuda

Barcha maqolalar →